Toshkent tumanida noqonuniy qurilgan binolar buzilyapti

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (Dendropark)da noqonuniy tarzda egallab olingan binolar tegishli sud qarori asosida buzilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. 

Gap shundaki, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda "Dendropark"da daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlangan. Jumladan, idoralar, turarjoy binolari va mebel sexlari (2017 yildan buyon) noqonuniy qurilgani, 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari kesib tashlangani, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolgani qayd etilgan. 

Ushbu o‘rganishlar va tergovdan so‘ng sud qarori bilan noqonuniy egallab olingan, deb topilgan uylar buzilishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat Kodeksining 198- va 205-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

noqonuniy binolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing