Toshkent tajribasi butun respublika bo‘ylab tatbiq etiladi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqqan holda, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni ambulator davolashga ixtisoslashgan “maxsus poliklinikalar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorida so‘z borgan. 

Fuqarolarga qulaylik yaratish, shuningdek, ularga malakali tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida “maxsus poliklinikalar” va maxsus taqsimlash markazlarining tunu kun faoliyat ko‘rsatishi belgilandi.  

Eslatib o‘tamiz, joriy haftada poytaxt Toshkentdagi O‘zekspomarkazda koronavirusga chalingan bemorlarni taqsimlash markazi ish boshladi. Ayni vaqtda shunday markazlar Yunusobod, Shayxontohur va Sergeli tumanlarida ham tashkil etilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Respublika maxsus komissiyasi

Baholaganlar

726

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing