Toshkentda 254 millionlik alkogol va tamaki savdosi to‘xtatildi
O‘zbekiston
−
16317 1 daqiqa
2019 yilning yanvar oyida Toshkent shahrida 254 mln. 300 ming so‘mlik aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun soliqchilar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Poytaxtimizning Yashnobod tumani Sodiq Azimov ko‘chasidagi bekatda joylashgan savdo do‘konida o‘tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida aksiz markasi mavjud bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 11 turdagi 2 million 99 ming so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan.
Xuddi shuningdek, Yakkasaroy tumani Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132a-uyda joylashgan savdo do‘konida xorijda ishlab chiqarilgan 97 turdagi, umumiy qiymati 124 million 624 ming so‘mlik aksiz markasiz alkogol va 19 turdagi 5 million 526 ming so‘mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Live
Barchasi