IIBB kollejdagi janjal haqida 3 kun o‘tib xabar berdi
Jamiyat
−
11 fevral 2019
10352Avvalroq, Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchi qizlari o‘rtasida mojaro chiqqani va qizlardan biri ayovsiz kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ xabarigacha miq etmagan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 8 fevral kuni qayd etilgan holat bo‘yicha 3 kun o‘tib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8 fevral kuni E. ismli o‘quvchi qiz tan jarohati bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Muassasa o‘z navbatida Mirobod tuman IIBni bu haqda xabardor qilgan.
Vaziyatga oydinlik kiritilganda, qiz kursdoshi O.K. va uning opasi Sh.K. tomonidan kaltaklangani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazish tayinlangan va tergov harakatlari boshlangan.
Ta’kidlash joizki, voqea soat 14:00 da atrofida, ayni ish, dars vaqtida sodir bo‘lgan.
QALAMPIR.UZ mazkur voqeani o‘rganishda davom etadi.