IIBB uy balkonidagi ayol va erkak kimligini aniqladi

Jamiyat

Olmazor city’da ayol va erkakning ishqiy munosabati qanday qilib tasvirga tushib qoldi? Ular kim edi? Ushbu videoda qayta montaj qilinib, undagi ayol go‘yo Feruza Najmiddinova deb tuhmat qilinayotganiga Toshkent shahar IIBB qanday munosabat bildiradi. Biz ushbu masala yuzasidan IIBB Axborot-multimedia markazi boshlig‘i Nilufar Isaxonovaga mikrofon tutdik. 

“Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB tomonidan Feruza Najmiddinovaning arizasi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Videoda aks ettirilgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro S.A. o‘zining turmush o‘rtog‘i Sh.A. bilan birga shu ishni qilgani oydinlashdi. Ushbu fuqarolar bilan tushuntirish profilaktika ishlari olib borildi va bunday xatti-harakatlarni odamlar ko‘z o‘ngida qilish mumkin emasligi tushuntirildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ular bir xonali uyda yashagani bois, farzandlarining oldida emas, tashqarida bu kabi harakatlarni sodir etgan. Videodagi ayol Feruza Najmiddinova emasligi IIBB tomonidan to‘liq tekshirilib, aniqlandi.

Bundan tashqari, men fuqarolarga murojaat qilmoqchi edim. Agarda shu kabi videolarni tasvirga olsangiz, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligingizni so‘rardim. Sababi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik hamda Jinoiy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga asosan bunday harakatlar huquqbuzarlik hamda jinoyat deb topilishi mumkin. 

Bundan tashqari, montaj uslubida tekshirilmagan hamda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish ham jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi”, deydi Nilufar Isaxonova. 


Maqola muallifi

Teglar

Feruza Najmiddinova

Baholaganlar

1884

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing