Toshkent shahar IIBB Uchtepadagi voqeaga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda patrul avtobusida ichki ishlar xodimi va fuqaro o‘rtasida yuz bergan voqea videosi tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki fuqaro jamoatchilik tartibini buzgani va jamoat joyida spirtli ichimlik ichgani uchun qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlardan biri namanganlik 49 yoshli Ulug‘bek M. avval O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246- (Kontrabanda), 273- (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) va 276-moddalari (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan bir necha marta sudlangan.

Mast holda bo‘lgan Ulug‘bek M. avtobus haydovchisini xaqorat qilgan, ogohlantirishga esa agressiv javob qaytarib, xodimni urgan. Shundan so‘ng unga jismoniy kuch ishlatilgan. Ulug‘bek M.ni Uchtepa tumani IIB FMBning 7-bo‘limiga olib kelishgan. Bu yerda Ulug‘bek M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik), 187 (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) va 194-moddalar (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Qayd etilishicha, ichki ishlar xodimlarining kuch ishlatishining qonuniyligiga prokuratura organlari baho beradi.


Maqola muallifi

Teglar

bezorilik Uchtepa tumani

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing