Toshkent shahar hududi kengayishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati poytaxtga qo‘shilishi rejalashtirilayotgan hududlar haqida ma’lum qildi

Qayd etilishicha, Toshkent doimiy rivojlanmoqda, yangi infratuzilmalar va ijtimoiy ob’ektlar paydo bo‘lyapti, yangi turar joylar va majmualar qurilayotir, poytaxt aholisi o‘smoqda. 

Ma’lum qilinishicha, o‘sib borayotgan aholi hayot sifatini yaxshilash, shahar qiyofasini zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish, shuningdek, yangi shahar inshootlarining uzluksiz barpo etilishi va Toshkent viloyatining shaharga chegaradosh ba’zi tuman hamda shaharlarining Toshkent bilan paydo bo‘layotgan yaqindan aglomeratsiyasi ma’muriy chegaralarni vaqti-vaqti bilan kengaytirishni taqozo etyapti.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrining doimiy aholisi 2 554 900 kishini tashkil etgan. Kadastr bo‘linishiga ko‘ra, shaharning umumiy maydoni 33 500 ga yoki 334 kilometr kvadratga teng.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda “Pastdarxon“, “Yuqoridarxon“ va “Toshkent“ mahallalarida aholini ro‘yxatga olish, ularda joylashgan ob’ektlar, muhandislik kommunikatsiyalarini qabul qilish ishlari hamda boshqa zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.

“Aytgancha, yirik shaharlarning kengayishi — dunyo tendensiyasi. Yanada ko‘proq odamlar shaharlarda yashashni afzal bilishmoqda, shahar aholisi zichligi qishloqnikiga nisbatan sezilarli ravishda yuqori bo‘lib boryapti“, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar kengayadi

Baholaganlar

381

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing