Toshkent Sambo bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
25 mart 2021
3764Toshkent sambo bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Kecha, 24 mart kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan Xalqaro sambo federatsiyasi ijroqo‘m yig‘ilishida ushbu qarorga kelindi.
Sambochilar uchun yilning eng muhim musobaqasi hisoblanadigan jahon chempionati O‘zbekiston poytaxtida 12-14 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Avvalroq, ushbu Jahon chempionati mezboni sifatida Moskva shahri e’lon qilingandi. Biroq, Sport arbitraj sudi (CAS) qarori sabab Rossiya ikki yil davomida Jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlari o‘tkazish uchun da’vogarlik qila olmaydi. Shu sababli, Xalqaro sambo federatsiyasi va Rossiya sambo federatsiyasi ushbu musobaqani boshqa mamlakatda o‘tkazish qaroriga kelishdi.
"Biz Jahon chempionatini o‘tkazish uchun O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasidan taklif oldik. Toshkentda 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishini yodda tutgan holda, ushbu musobaqani O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatini maqsadga muvofiq deb hisoblayman", degan yig‘ilish davomida Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov.
Shu tariqa, Toshkent shahri bu yil sambo bo‘yicha ikki yirik musobaqaga mezbonlik qiladi: birinchisi iyun oyida Osiyo chempionati bo‘lsa, ikkinchisi noyabr oyida Jahon chempionatidir.
LiveBarchasi