O‘zbekistonlik sambochilar Jahon kubogining ilk kunida beshta medal qo‘lga kiritdi
Sport
−
05 aprel
2459Kecha, 4 aprel kuni Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogi start oldi va turnirda O‘zbekiston sambo terma jamoasi dastlabki kungi bahslarni beshta medal bilan yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilardan ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida Gulsevar O‘roqova, -65 kg vazn toifasida Feruza Boboqulova va -72 kg vazn toifasida Madinabonu Salohiddinovalar kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida kechgan kurashda -65 kg vazn toifasida A’zam Rashidov va -88 kg vazn toifasida Asqarbek Avganov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston sambo terma jamoasi ilk kunni beshta, uchta kumush va ikkita bronza medali bilan yakunladi.
Ma’lumot uchun, mazkur turnir bugun, 5 aprel kuni yakuniga yetadi. O‘zbekiston sambo terma jamoasi musobaqaga jami 12 nafar sambochi bilan ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi