O‘zbekistonlik sambochilar Jahon kubogidan 10 ta medal bilan qaytdi
Sport
−
08 aprel
2055Shu yilning 4-5 aprel kunlari Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston sambo terma jamoasi 10 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot hizmati xabar berdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yagona oltin medalni -98 kg vazn toifasida Ozodbek Murotov qo‘shib qo‘ydi. Turnir davomida jamoa vakillari 5 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Oltin:
-98 kg: Ozodbek Murotov.
Kumush:
-54 kg: Gulsevar O‘roqova;
-65 kg: Feruza Boboqulova;
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova;
-79 kg: Musoxon Ziyadinov;
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev.
Bronza:
-64 kg: A’zam Rashidov;
-64 kg: Islomjon Olimjonov;
-88 kg: Asqarbek Avganov;
-80 kg: Mavluda Abdullayeva.
Shu tariqa O‘zbekiston sambo terma jamoasi jami 10 ta medalni qo‘lga kiritib, musobaqani Rossiya va Ukrainadan so‘ng 3-o‘rinda yakunladi.