Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot 2 soatdan keyin ortga qaytdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust kuni Toshkentdan Moskvaga uchgan Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi samolyoti texnik sabablarga ko‘ra, ortga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti Toshkent aeroporti vakiliga tayanib xabar berdi.

“Aeroflot”ning SU-7103 reysi bugun Toshkent xalqaro aeroportidan jadvalga muvofiq 05:10 da Moskvaga jo‘nab ketgan. Ammo texnik sabablarga ko‘ra, ekipaj uchish aerodromiga qaytishga qaror qildi va soat 07:00 da xavfsiz rejimda Toshkentdagi aeroportga  qo‘ndirildi”, degan aeroport vakili.

Ayni vaqtda layner aeroportning zaxira yo‘lagida, bortdagi hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot

Baholaganlar

2408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing