Toshkent Moskvaga rossiyalik generalni o‘ldirishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Rossiya xavfsizlik kuchlari o‘zbekistonlik hamkasblariga Rossiya Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillovning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan shaxs haqida ma’lumot olish uchun murojaat qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni tegishli so‘rovni olgach, Igor Kirillovni o‘ldirishda gumon qilinib, Rossiyada qo‘lga olingan fuqaro haqidagi ma’lumotlarni darhol Moskvaga yuborgan. 

Bildirilishicha, bu shaxs O‘zbekistondagi terrorchilik tashkilotlari bilan aloqada bo‘lmagan va javobgarlikka tortilmagan.

Manbaga ko‘ra, Kirillovni o‘ldirganlikda gumon qilinib, hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonov ismli shaxs bo‘lib, hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining jamoatchilik bilan aloqalar markazi tomonidan tarqatilgan so‘roq videosida Qurbonov Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollanganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qotillikni sodir etgani uchun unga 100 ming dollar mukofot va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan biriga ko‘chib o‘tishda yordam va’da qilingan.

Qo‘lga olingan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangan. Ularning ko‘rsatmasi bilan u Moskvaga kelib, samokat sotib olgan va unga bomba uchun komponentlar uzoq vaqtdan keyin berilgan. U portlovchi moslamani samokatga o‘rnatganini va uni "general yashagan" uyning yoniga qo‘yganini tan olgan.

Voqea joyini kuzatish maqsadida u avtomashinani ijaraga olib, unga videokamera o‘rnatgan. Qurilma Wi-Fi orqali video signalni Dneprga uzatgan.

"U uydan chiqqanida men tugmani bosdim", deb tan 0lgan o‘zbekistonlik gumonlanuvchi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Igor' Kirillov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing