Toshkent metrosining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari ochiladi
Jamiyat
−
23 dekabr 2023
7094Toshkent metrosining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari 25 dekabrdan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, profilaktika ishlari o‘z yakuniga yetkazilgani munosabati bilan joriy yilning 25 dekabr sanasidan boshlab, bekatlar ish faoliyati soat tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar doimiy reja asosida xizmat ko‘rsatadi.
"Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Eslatib o‘tamiz oldinroq Toshkent shahridagi metroning “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 26 avgustidan boshlab 4 oy muddatga yopilgandi.
Bugun “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayev QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bu bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishini aytib o‘tdi.
LiveBarchasi