Toshkent metropolitenida internetga ulanish imkoniyati yaratildi

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabrdan boshlab Toshkent metropolitening barcha bekatlarida Wi-Fi tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Metrotelecom kompaniyasi ma’lum qildi.

Bepul internetdan foydalanish uchun metroga tushishdan oldin ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatga olish telefon raqamiga yuboriladigan SMS orqali amalga oshadi.

Metroda internetdan foydalanishning ikki varianti mavjud: bepul va pulli.

Bepul internet tarmog‘iga ulanish uchun quydagi bosqichlardan o‘ti lozim:

1. Metroga tushishdan avval #Metrotelecom Free tarmog‘ini tanlash;
2. Telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish;
3. Reklama roligini tomosha qilish;
4. Internetga ulanish uchun ruxsat olish.

Wi-Fi`ga ulanish bo‘yicha qo‘llanma metroga tushishdan oldin e’lon taxtachalarida ko‘rsatilgan bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

metro Wi-Fi

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing