Toshkent metrosining 2 bekati 4 oyga yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi metroning “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 26 avgustidan boshlab 4 oy muddatga yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Yunusobod yo‘nalishidagi poyezdlar harakati “Shahriston” va “Ming O‘rik” bekatlari oralig‘ida odatiy tarzda harakat davom etadi va bu yo‘nalishda poyezdlar harakati oraliq vaqti (interval) 5 daqiqagacha qisqartiriladi.

Yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, “Turkiston-Yunusobod–Shahriston” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing