Toshkent metrosidagi 8 ta vestibyul ochildi
Jamiyat
−
23 noyabr 2020 9742 1 daqiqa
Toshkent metropolitenida bundan ikki oy avval yopilgan metro stansiyalaridagi 17 vestibyulning sakkiztasi yo‘lovchilar uchun ochildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, metro bekatlaridagi 9 ta vestibyul texnik sabablariga ko‘ra yopiqligicha qolmoqda. Ular:
• "Hamid Olimjon" bekati – "NBU" banki tomonidagi vestibyul;
• "Amir Temur Xiyoboni" bekati – 50-maktab yonidagi vestibyul;
• "Mirzo Ulug‘bek" bekati – "Milliy" stadioni tarafidagi vestibyul;
• "Toshkent" bekati – Bosh pochtampt tomonidagi vestibyul;
• "Oybek" bekati – Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
• "Kosmonavtlar" bekati – O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidagi vestibyul;
• "Abdulla Qodiriy" bekati – Gyote instituti yonidagi vestibyul;
• "Minor" bekati – Moliya instituti tomonidagi vestibyul;
• "Mustaqillik maydoni" bekati – "Mustaqillik maydoni" tomonidagi vestibyul.
Shu bilan birga, "Toshkent metropoliteni" UK 2020 yilning 10 dekabirigacha barcha vestibyullarning bosqichma-bosqich ochilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 cyentyabr kuni Toshkent metropoliteni bekatlaridagi 17 ta vestibyul vaqtincha yopilganligi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar