Ertadan qator metro bekatlari vestibyullari yopiladi

Jamiyat

image

Ertadan Toshkent metropolitenining qator metro bekatlari vestibyullari yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi ma’lum qildi.

“Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, ishlab chiqarish ehtiyojlari sababli 2020 yil 24 sentyabr soat 05:00 dan boshlab poytaxt metropolitenining quyidagi metro bekatlari vestibyullari yopiladi”, deyiladi xabarda.

Yopiladigan vestibyullar ro‘yxati:

Chilonzor yo‘nalishi:
•    "Pushkin" bekati - "Salar" ko‘prigi tomonidagi vestibyul;
•    "Hamid Olimjon" bekati - "NBU" banki tomonidagi vestibyul;
•    "Amir Timur Xiyoboni" bekati - 50-maktab tomonidagi vestibyul;
•    "Mustaqillik Maydoni" bekati - "Mustaqillik maydoni" tomonidagi vestibyul;
•    "Xalqlar Do‘stligi" bekati – “Tashkent city” tomonidagi vestibyul;
•    "Novza" bekati - "Novza" masjidi tomonidagi vestibyul;
•    "Mirzo Ulug‘bek" bekati – “Milliy” stadioni tomonidagi vestibyul.

O‘zbekiston yo‘nalishi:
•    "Toshkent" bekati – Bosh po‘chta tomonidagi vestibyul;
•    "Oybek" bekati - Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
•    "Kosmonavtlar" bekati - "Interpol tomonidagi vestibyul;
•    "Tinchlik" bekati - Gaz loyihalash instituti tomonidagi vestibyul.

Yunusobod yo‘nalishi:
•    "Ming O‘rik" bekati - Geologiya muzeyi tomonidagi vestibyul;
•    "Abdulla Qodiriy" bekati – Gyote instituti tomonidagi vestibyul;
•    "Minor" bekati - moliya instituti tomonidagi vestibyul;
•    "Bodomzor" bekati – Milliy bank tomonidagi vestibyul;
•    "Shahriston" bekati - "Yunusobod" bozori tomonidagi vestibyul;
•    "Turkiston" bekati - "Uch Qahramon" tomonidagi vestibyul.

"Toshkent metropoliteni" UK vestibyullar qancha muddatga yopilishi va qachon ochilishi haqida ma’lumot bermagan. Ammo bu holat vaqtinchalik.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

510

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing