Toshkent metrosida yo‘lkira narxi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Endi Toshkent metropoliteni foydalanuvchilari bosib o‘tgan har bir bekati yoki masofasi uchun yo‘l haqini to‘laydi va metropoliten uchun mutlaqo yangi ta’riflar joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 191-sonli qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, yo‘lkira to‘lashning yangicha tizimida aholi toifalariga imtiyozlar berish (muayyan qatlamlar uchun alohida yengilliklar ko‘zda tutiladi) va abonementlar tizimini joriy etish (yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida kunlik, haftalik va oylik abonementlar yo‘lga qo‘yiladi) tartibining o‘zgarishi ham kutilmoqda.

Shu bilan birga, qarorda Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK va Toshkent shahar hokimligiga xorijiy tajriba asosida metropolitenda yo‘l haqini to‘lashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Qarorga ko‘ra, yangi tizim 2027 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga tatbiq etiladi. Unda tegishli takliflar olti oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida yo‘lovchilar xavfsizligini kuchaytirish maqsadida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

metro yo'lkira Toshketn metropoliteni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing