Toshkent metrosida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
27 avgust 2024 14333 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan metropoliten matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 avgust kuni soat 19:28 da metroning Chilonzor yo‘li “O‘zgarish” bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv holati sodir bo‘lgan va oqibatda yong‘in chiqqan. Yuzaga kelgan nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan. Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘inda hech kimga hech qanday talafot yetmagan.
“Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq metroning “Kosmonavtlar” bekatida yong‘in chiqqandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr