Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2021
11685Toshkent metropolitenidagi bekatlardan birida poyezd eshigida nosozlik aniqlandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.
Bugun, 22 sentyabr kuni soat 08:37da Chilonzor yo‘lining “Xalqlar do‘stligi” bekatida 13-yo‘nalishdagi harakat tarkibining 2-vagonidagi 4-eshik texnik nosozlik tufayli yopilmay qolgan.
Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar ushbu poyezddan tushirilgan. Ortdan kelayotgan 5-yo‘nalishdagi harakat tarkibi bir daqiqada yetib kelib yo‘lovchilarni olib ketgan.
“Toshkent metropoliteni” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Avvalroq, joriy yilning 20 sentyabr kuni metroning O‘zbekiston liniyasidagi G‘afur G‘ulom bekatida poyezdning havo almashtirish tizimida nosozlik yuzaga kelib, yo‘lovchilar tushirib yuborilgandi.