Toshkent metrosida poyezdlar 14 daqiqagacha kechikishi mumkin
Jamiyat
−
14 iyul 2668 1 daqiqa
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sabab Toshkent metrosining yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar harakat tezligi vaqtincha pasaytiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertaga, 15 iyuldan boshlab yerusti yo‘nalishlaridagi temir yo‘l relslari harorati belgilangan me’yor – 55 darajadan yuqoriga ko‘tarilayotgani inobatga olinib, poyezdlar harakat tezligi har kuni soat 18:00 ga qadar 60 km/soatdan 40 km/soatgacha cheklanadi.
Bildirilishicha, mazkur vaqtinchalik cheklov poyezdlar harakat intervaliga ham qisman ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab yerusti yo‘nalishlarida metro poyezdlarining kelish vaqti 14 daqiqagacha uzayishi mumkin.
“Toshkent metropoliteni” ushbu cheklov faqat yerusti metro yo‘nalishlarida harakatlanayotgan poyezdlarga tatbiq etilishini, yer osti yo‘nalishlarida esa harakat odatdagi tartibda davom etishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida anomal issiq ob-havo sabab ko‘chalarga suv sepish va yashil hududlarni sug‘orish ishlari kuchaytirilgan edi.
Live
Barchasi