Toshkent metrosida poyezd yana to‘xtab qoldi

Jamiyat

image

Kecha, 6 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining harakat tarkibi to‘xtab qolgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, “Mustaqillik maydoni” bekatida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2-sonli yo‘nalishdagi harakat tarkibining texnik moslamalari mashinist tomonidan qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shu bois ushbu poyezd harakati 2 daqiqaga kechikkan.

“Qisqa muddatli texnik ko‘rikdan so‘ng yo‘lovchilar ushbu poyezdda doimgidek harakatlanishgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Toshkent metropolitenining "Xalqlar do‘stligi" va "Milliy bog‘" bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan metro poyezdi to‘xtab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing