Toshkent metrosida nosozlik sabab yo‘lovchilar tushirib yuborildi
Jamiyat
−
21 iyun 2021
6290Kecha, 20 iyun kuni Toshkent metropoliteni “Olmazor” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi. “Toshken metropoliteni” UK Matbuot xizmati mazkur holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:10 da Chilonzor yo‘nalishi “Olmazor” bekatidan “Bekat-1” tomon harakatni boshlagan poyezd mashinisti nosozlikni aniqlangan.
“Yo‘lovchilarni hamda harakat xavfsizligini taminlash maqsadida yo‘lovchilar ‘Olmazor’ bekatida tushirilgan. Nosozlikni aniqlash maqsadida harakat tarkibi elektrodepoga jo‘natilgan. Keltirilgan nosozliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi Toshkent metropoliteni xabarida.