Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 24 fevral kuni Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak sirdaryolik ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Unga ko‘ra, 24 fevral kuni soat 21:15 larda Toshkent metropolitenining Mirzo Ulug‘bek bekatida Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida yashagan 1984 yilda tug‘ilgan E.Sh. o‘zini harakatlanib ketayotgan elektropoyezdning tagiga tashlagan. 

Fuqaro olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq, metroda erkak o‘zini poyezd tagiga tashlab yuborishi oqibatida Chilonzor liniyasining bir tomonida harakat vaqtincha to‘xtab qolgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

770

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing