Toshkent metrosida erkak o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi
3-sahifa
−
28 noyabr 2023
16637Toshkent metropolitenining “Qo‘yliq” bekatida noma’lum shaxs (erkak) o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashlab, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Metropoliten matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 28 noyabr kuni soat 14:58 da sodir bo‘lgan.
Shu sababli “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishining bir tomon qismi vaqtincha harakatdan to‘xtatilgan.
“Holat yuzasidan batafsil ma’lumotni dastlabki surishtiruv ishlari yakuniga yetgach beramiz”, deydi QALAMPIR.UZ manbasi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lgan 18 yoshli qiz poyezd relsiga sakragan edi.