Toshkent metrosi bekatlarida kassalar yopiladi
Jamiyat
−
06 dekabr 2025 6520 1 daqiqa
Toshkent metropolitenida 9 dekabrdan boshlab “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekatdagi, shuningdek, “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida kassalar yopiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu bekatlarda naqd pul bilan amalga oshirilayotgan to‘lov ko‘rsatkichlari past. Ushbu bekatlarda kassalar o‘rniga yangi zamonaviy QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar – infokiosklar ishga tushirilgan.
Metropoliten infokiosklar orqali chipta xaridi tezlashishi, navbatlar kamayishini ta’kidlagan. Shuningdek, QR-kod asosidagi chiptalarni mobil telefon yoki chop etilgan kvitansiya shaklida ishlatish mumkinligini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkent shahridagi ilk metro yo‘nalishi 2026 yil oxirigacha qurib bitkazilishi xabar berilgandi.
Live
Barchasi