Toshkent metropoliteniga Rossiyadan vagonlar olib kelinadi

Jamiyat

image

Kelgusi 2025 yilning oxirigacha Moskva yaqinidagi Mitishi shahridagi “Metrovagonmash” zavodi O‘zbekiston poytaxtiga yana 60 ta metro vagonlarini yetkazib beradi. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

“O‘tgan yili Toshkent metropoliteni uchun 44 ta vagon jo‘natdik, iyun oyi oxirigacha yana 12 ta vagon jo‘natamiz. 2024-2025 yillarda yana 60 ta vagon yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tayyorlayapmiz”, deydi gubernator.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropoliteni mart oyining boshida 36 ta yangi rus vagonlarini qabul qilgan. 2019 yildan 2021 yilgacha Toshkent Mitishi” zavodidan o‘n beshta yangi poyezd sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga “Sankt-Peterburg” nomi berilishi haqida ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

metropoliten vagon Metrovagonmash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made