Toshkent metropolitenida poyezdlar to‘xtab qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 7 noyabr kuni Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yo‘nalishida poyezd nosozlik sabab to‘xtab qoldi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.

Soat 19:10 da “Chilonzor” yo‘nalishi Sergeli yo‘lining 5-bekatida poyezd harakat yo‘lida texnik nosozlik holati kuzatilgan, buning natijasida bekatda bo‘lgan 17-sonli harakat tarkibi harakatlana olmagan hamda ushbu yo‘lda yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Ushbu vaqt oralig‘ida “Buyuk Ipak yo‘li” hamda “Olmazor” bekatlari oralig‘ida poyezdlar jadval asosida harakatlangan. “Olmazor” hamda Sergeli yo‘li 5-bekat oralig‘ida ushbu nosozlik holati tuzatilgunga qadar bir tomonlama harakat amalga oshirilgan. Soat 19:37 da kuzatilgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan va poyezdlar harakatlana boshlagan.

“Hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

280

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing