Toshkent markazidagi yo‘l qisman yopildi
Jamiyat
−
14 fevral 2022
3970Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasida veloyo‘lak va yashil maydon tashkil etish ishlari boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’mirlash ishlari jarayonida qatnov qismining bitta yo‘lagi qisman yopilishi mumkin.
Rejaga muvofiq, Islom Karimov va Bobur ko‘chasi kesishmasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda veloyo‘lak barpo etiladi.
Shuningdek, avtomobillar qatnov qismining o‘rtasida bordyurlar bilan mustahkamlangan yashil maydonlar tashkil qilinadi.