Toshkent markazidagi ba’zi yo‘llar 10 kunga yopiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 29 iyul – 7 avgust kunlari Toshkent shahridagi uchta ko‘cha avtomobil harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu kunlarda Food Fest-2022 gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi. Festival kunlari doirasida quyidagi yo‘llarda avtotransport harakati cheklanadi:

•  Istiqlol ko‘chasi – Buyuk Turon ko‘chasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan qismida;
•  Zarafshon ko‘chasi – Istiqlol ko‘chasidan va Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
•  Javaxarlal Neru ko‘chasi – Mustaqillik shoh ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

“Vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri yo'l yopiladi

Baholaganlar

63

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing