Toshkent yoshlari milliy termamizning JCHga chiqqanini bayram qildi!

Biznes

image

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan hukumat ko‘magida 5 va 10 iyun kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida “Uzbekistan: Land of Talents” yoshlar harakati doirasida yirik bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Shahar markazidagi yoshlarbop supershou tadbirga tashrif buyura olmaganlar uchun 19:00 dan boshlab ZO‘R TV telekanali uni jonli efirda maxsus reportaj formatida uzatdi.

Shoyu-tomoshalar, konsert dasturlari va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar yoshlarimizga vaqtini mazmunli va zavqli o‘tkazish imkonini yaratdi.

Maydondagi bayram kechasi yoshlarimizga unutilmas taassurotlar ulashdi. Lola, Shohrux, Shahriyor va DJ Piligrim kabi mashhur estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbirning eng yorqin lahzalaridan biriga aylandi. Shuningdek, lazer va vizual shoulardan iborat kechaga DJ Trace o‘ziga xos musiqiy kayfiyat qo‘shdi.

“Uzbekistan: Land of Talents” yoshlar harakatini Kapitalbank, Uzum va Ucell kabi yirik ijtimoiy mas’uliyatli kompaniyalar qo‘llab-quvvatladi. Safia milliy brendi yoshlar harakati shaharchasining gastronomik alleyasini tashkil etishda ko‘maklashmoqda. Yoshlar harakatining keyingi yirik tadbiri 10 iyun kuni O‘zbekiston-Qatar o‘yini munosabati bilan ayni manzilda bundan ham yuqori darajada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shou-tomosha Uzbekistan: Land of Talents

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing