Toshkentga qariyb yarim tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryodan Toshkentga 500 kilogramga yaqin iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan shaxs Sirdaryo hududida to‘xtatildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 11 aprel kuni o‘tkazilgan tadbir davomida “Qashqadaryo – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan Nexia-1 rusumli avtotransport vositasi “Sirdaryo” YPX maskanida xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Torjilg‘a qishlog‘ida yashovchi, 1986 y.t, fuqaro E.Sh boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 446 kg hayvon go‘shti borligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Iste’molga yaroqsizligi to‘g‘risida laboratoriya xulosalari olingan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilingan. Fuqaro E.Sh boshqaruvidagi Nexia-1 rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun Sirdaryo viloyati IIB jarima maydoniga qo‘yilgan.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing