Toshkent dunyoning eng arzon shaharlaridan biri deb topildi
Jamiyat
−
19 mart 2020
6341Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar qatoriga kiritildi. Bu haqda “The Economist Intelligence Unit” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 30 yil ichida faqat ikkinchi marotaba uchta shahar dunyodagi eng qimmat shahar sifatida birinchi o‘rinni egallagan. O‘tgan yilgi kabi Gonkong va Singapur eng yuqori o‘rinni egallab turibdi. Biroq, bu yil ba’zi o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Qaysi shaharlarda yashash uchun zarur narsalar narxi qimmat?
Dunyoda yashash qiymati - bu “The Economist Intelligence Unit” tomonidan har ikki yilda o‘tkaziladigan 160 ta mahsulot va xizmatlarning 400 dan ortiq individual narxlarini taqqoslaydigan tadqiqot.
Eng qimmat shaharlarga Singapur, Gonkong va Osaka kirgan, uchala shahar ham bir xil ball bilan 1-o‘rindan joy olgan.
133 ta davlatni qamrab olgan reytingda Karachi, Buenos-Ayres va Olma-ota bir xil ball bilan so‘nggi o‘rinni egallagan. Toshkent esa 132-o‘rinni band qilib turibdi.
Toshkent o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlagan.
LiveBarchasi