O‘zbekiston “Qonun ustuvorligi” indeksida MDH doirasida juda past o‘rinni egalladi

Jamiyat

image

“World Justice Project” xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Qonun ustuvorligi” indeksi bo‘yicha navbatdagi 2020 uchun hisobotini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy reytingda 0,47 ball bilan 92-o‘rinni egalladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi “Qonun ustuvorligi” indeksining Tartib va xavfsizlik ko‘rsatkichida yillar davomida ijobiy natija ko‘rsatib kelmoqda (0,9 ball bilan dunyo mamlakatlari orasida 11-o‘rin). 2020 yilda mamlakatning eng katta o‘zgarishi Korrupsiyaning mavjud emasligi ko‘rsatkichida kuzatildi: 0,40 ball bilan 89-o‘rin (2019 yilda 0,38 ball bilan 95-o‘rin).

“Qonun ustuvorligi” indeksining tarkibiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekistonning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Concrete

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ijobiy o‘zgarish qayd etdi.

Concrete

“Qonun ustuvorligi” indeksi 0 (eng past) dan 1 (eng baland) ballgacha bo‘lgan shkalada baholanib, ularga tegishli reyting beradi. Indeksda davlatlar asosiy 8 omil bo‘yicha tahlil qilinib hamda 44 ta sub-ko‘rsatkichga bo‘lingan: hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaning yo‘qligi, ochiq hukumat, asosiy huquqlar, buyruq va xavfsizlik, normativ qoida, fuqarolik odil sudlovi hamda jinoiy odil sudlov. Mazkur indeks, “World Justice Project” tashkiloti tomonidan umulashtirilgan “General Population Poll” (GPP) va “Qualified Respondents’ Questionnaires” (QRQs) katta hajmli savollardan iborat so‘rovnomalariga asoslangan holda baholanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida so‘rovnoma Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlarida o‘tkaziladi.

Izoh: Kosovo va Gambiya davlatlari 2020 yilgi hisobotiga kiritilganligi sababli umumiy mamlakatlar soni 128 taga yetdi. Natijada, O‘zbekiston umumiy reytingda 4 pog‘onaga yuqorilagan.


Maqola muallifi

Teglar

indeks qonun ustuvorligi

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing