“Pozor”. Xalqaro mulk daxlsizligi indeksida O‘zbekiston oxirgi qatordan joy oldi
Jamiyat
−
10 dekabr 2021
15421Amerikaning “The World Justice Project” tashkiloti tomonidan e’lon qilinuvchi "Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmaslik" reytingida O‘zbekiston 139 ta davlat ichida 138-o‘rinni egalladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
“The World Justice Project” xalqaro nohukumat tashkiloti 2021 yil hisobotini e’lon qilgan. Tashkilot tomonidan yuritiladigan "Huquq ustuvorligi" indeksining "Qonunlarga rioya qilish" indikatorining "Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi" subindikatorida O‘zbekiston maksimal 1 balldan 0,25 ball bilan 139 ta mamlakat ichida 138-o‘rinni egallagan.
O‘zbekistonning 139 ta davlat ichida oxirgidan faqatgina bir pog‘ona baland bo‘lganiga deputat o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirgan.
"Pozor!" Xususiy mulk daxlsizligi bo‘yicha xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning mana shu kulguli ahvolga tushishiga hissa qo‘shgan barcha amaldorlarga "raxmat!”, deb yozadi deputat Rasul Kusherboyev.
LiveBarchasi