O‘zbekiston raqamlashtirish reytingida oxiridan beshinchi bo‘ldi
Texnologiya
−
03 Sentabr 2021
14795O‘zbekiston fuqarolarning raqamlashtirishga tayyorligini baholash indeksida 51 ta mamlakat ichida 47-o‘rinni egalladi. Ushbu indeks Rossiyaning “Dialog” Notijoriy avtonom tashkiloti tomonidan ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, reytingda Yaponiya birinchi, Estoniya ikkinchi, Islandiya esa uchinchi o‘rinni egallagan. Kuchli beshlikda Finlyandiya va Daniya ham bor.
So‘nggi beshlikka O‘zbekistondan tashqari Hindiston (48), Qirg‘iziston (49), Tojikiston (50), Turkmaniston (51) kiritilgan. Rossiya reytingda 27-o‘rinni egallagan.
Ta’kidlanishicha, raqamli rivojlanishning yuqori darajasi Internet (keng polosali va mobil) mavjudligi, foydalanuvchilar soni va aholini kompyuterlashtirish darajasi bilan tavsiflanadi.
Ma’lumot o‘rnida, indeks quyidagi tashkilotlardan biriga a’zo bo‘lgan 51 mamlakat uchun ishlab chiqilgan: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, besh davlatdan iborat guruh (BRIKS): Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika.
LiveBarchasi