Olmaotada dafn joyini onlayn tanlash imkoni yaratildi
Olam
−
20:10 409 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olmaota shahrida dafn marosimlari uchun joy tanlash va bron qilish imkonini beruvchi yangi raqamli xizmat – Orynai ishga tushirildi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.
Ushbu platforma qabristonlardagi mavjud uchastkalar haqida ma’lumot beradi hamda arizani onlayn tarzda topshirish imkonini yaratadi. Fuqarolar xizmat orqali oldindan qabriston haqida ma’lumot olishi, kerakli dafn joyini topishi va uni masofadan turib bron qilishi mumkin. Bu esa ortiqcha harajatlar va navbatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Qabriston xaritasi onlayn texnologiya asosida ishlaydi. Foydalanuvchilar joylashuvni ko‘rishi va marshrutni rejalashtirishi mumkin. Ma’lumotlar bazasiga shahardagi yirik qabristonlar kiritilgan.
Kelajakda platformaga “Xotira daraxti” funksiyasini qo‘shish rejalashtirilgan. Bu orqali foydalanuvchilar yaqinlari haqidagi ma’lumotlarni raqamlashtirishi va dafn marosimlari xizmatlariga buyurtma berishi mumkin bo‘ladi.
Loyiha Olmaota hokimligi ko‘magida raqamlashtirish va “aqlli shahar” dasturi doirasida ishga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ham dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi