Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi – Prezident

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish darajasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Bu haqda u bugun, 7 fevral kuni xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

Kadastr agentligiga ko‘chmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkazish, Transport vazirligiga barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

“Takror aytaman. Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”, dedi Prezident. 

Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlashtirish bo‘yicha alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab berish topshirildi.

Misol uchun, Turizm qo‘mitasi turistlar mehmonxona, dam olish maskanlarini “bron” qilish, avia va temir yo‘l, muzey, teatrga chipta sotib olish, gid va tarjimonlarni yollash kabi xizmatlarni masofadan turib olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirishi lozim. Yoki Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkonini yaratishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Mirziyoyev tomonidan mutasaddilarga joriy yil 1 martga qadar 11 ta, 1 oktyabrgacha yana 18 ta  davlat xizmatini xususiy sektorga berish choralarini ko‘rish topshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev raqamlashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing