Davlatlarning kiberxavfsizlik reytingi tuzildi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Jamiyat
−
12 Oktabr 2021
15928Global Cybersecurity Index davlatlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston unda 182 davlat orasida 70-o‘rinni egalladi.
Indeks beshta asosiy yo‘nalishda 82 ta savolni jamlagan. Ularning har biriga 20 ball beriladi. Bunda huquqiy, texnik va tashkiliy hamda imkoniyatlar va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston huquqsiy jabhada 19,27 ball olgan, potensialni oshirish choralari bo‘yicha 15,68 ball, hamkorlik bo‘yicha 13,56 ball, texnik jabhada 12,56 ball va tashkili tomonlama 10,05 ball olgan. Umumiy hisobda 71,11 ballni tashkil qilgan.
Indeksda Markaziy Osiy davlatlaridan Qozog‘iston 31-o‘rin, Qirg‘iziston 92-o‘rin, Tojikiston 138-o‘rin, Turkmaniston 144-o‘rinni egalladi.
Reytingda AQSH, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni, Estoniya va Janubiy Koreya yetakchilik qilgan. Ro‘yxatni Shimoliya Koreya yakunlagan.
LiveBarchasi