Toshkent drenaj tizimi master-rejasi ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda  Toshket shahridagi drenaj tizimi yog‘ingarchilik davrida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgani qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod  Asadov ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash hamda 1 sentyabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Prezident o‘tgan yilda temiryo‘lda vagonlar parkini yangilash va yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha sezilarli natijaga erishilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

“O‘zbekiston temiryo‘llari”ga vagon ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanib, 1,5 mingta yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, “Qo‘qon”, “Samarqand”, “Toshkent” vokzallari, “Andijon” va “Urganch” aeroportlari boshqaruvini xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish topshirildi. Shahrisabz, Sariosiyo va Qo‘qon aerodromlarida ta’mirlash ishlarini yakunlab, mahalliy aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev drenaj Toshket

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing