Toshkent bozorlarida qaysi mahsulotlar qimmatlab, qaysisi arzonlashdi?
Jamiyat
−
15 iyun
7593O‘zbekiston bozorlarida karam, pomidor va bodring narxi pastlagan mahsulotlar ro‘yxatida yuqori o‘rinni egalladi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil iyun oyida Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahridagi yirik supermarketlar tarmog‘ida 21 ta oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining navbatdagi monitoringi o‘tkazilgan.
Monitoring natijalariga ko‘ra, 16 ta mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oyga nisbatan arzonlashgan.
Narxlarning eng past ko‘rsatkichi karam (-59,4 foiz), pomidor (-51,7 foiz) va bodring (-51,7 foiz) mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi mahsulotlar qayd etildi:
• sariq piyoz 29,7%;
• margarin 25%;
• makaron 23,8%;
• tovuq tuxumi 21,7%;
• guruch 16,6%;
• bug‘doy uni 15,8%;
• lavlagi 15,5%;
• limon 15%;
• mol go‘shti (fileta) 12,3%;
• grechka 11,2%;
Institut ma’lumotiga ko‘ra, 2 mahsulotning narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: tovuq go‘shti (file) va sut.
Shuningdek, narxning oshishi bo‘yicha kartoshka yetakchilik qilmoqda.
“Kartoshka narxining qisqa muddatli o‘sishi vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning o‘zgarishi bilan bog‘liq”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi