Toshkent aeroportida “tomosha” ko‘rsatgan piyonista javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda joylashgan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchlarni haqorat qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 15 iyul kuni aeroportning uchib ketish zalida yuz bergan. “Toshkent-Moskva” reys bilan uchib ketmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak N.F. mast holda yo‘lovchi fuqarolarni hamda aeroport ishchilarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, mayda bezorilik sodir etgan.

Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi inspektorlari tomonidan huquqbuzar N.F.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlar bo‘yicha Sergeli tumani sudi tomonidan huquqbuzar N.F.ga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 iyun kuni Toshkentdan Samarqandga uchayotgan samolyotda sigaret chekkan 70 yoshli ayol bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida jarimaga tortilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing