Toshkent aeroporti ko‘chirilmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilindi. Bu haqda 6 may kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan. 

Ushbu hujjatda 1989 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda qabul qilingan 493 ta qarorni bekor qilish nazarda tutilgan.

Jumladan, 1992 yil 24 iyuldagi "Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida"gi qaror ham bekor qilingan. Mazkur qarorda Toshkent aeroportini shahardan 45 kilometr janubi-g‘arbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan yer uchastkasiga ko‘chirish ko‘zda tutilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Uzbekistan Airports" AJning sobiq rahbari Ra’no Jo‘rayeva Toshkent aeroportini ko‘chirish masalasi Prezident bilan muhokama qilinayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made