Toshkent aholisi “svet” sabab suvsiz qoldimi? Vazirlik javob berdi
Jamiyat
−
03 dekabr 2021
4056Avvalroq Toshkent aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik sababli poytaxtliklarning aksari suvsiz qolgani haqida xabar bergan edik.
Energetika vazirligi Toshkentda aholining suvsiz qolishi elektr ta’minoti bilan bog‘liq emasligini aytib chiqdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, poytaxt aholisini suv bilan ta’minlovchi “Qodiriya” suv inshooti 3 ta bir biriga bog‘liq bo‘lmagan elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Bugun, 3 dekabr kuni ushbu tarmoqlarning 2 tasida qisqa muddatli (12 daqiqa) o‘chish sodir bo‘ldi. Bu vaqtda uchinchi elektr uzatish tarmog‘i orqali “Qodiriya” suv inshooti elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
“Shunday qilib, elektr energiyasining bu holati Toshkent aholisining suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lmagan”, deya munosabatini yakunlagan Energetika vazirligi.