Toshkent aholisi 6 oyda qanchaga o‘sgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahar aholisi 42,8 ming kishiga yoki 101,6 foizga o‘sdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, poytaxt aholisi soni 2 mln 737,2 ming kishiga yetgan. Aholining zichligi esa 1 km kv. maydonga 7564 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatining 7 ming gektardan ortiq yer maydoni poytaxtga qo‘shilishi haqida xabar bergan edik.

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida chegaralarning bu tarzda o‘zgarishi kelgusida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing