Toshkent hududi kengayadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlari qisman o‘zgartiriladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati Matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan O‘zgarish qishlog‘i Toshkent shahri Sergeli tumani tarkibiga o‘tkaziladi. 

O‘tkazilgan hududda 4 ta MFY (Pastdarxon, Yuqoridarxon, Chorbog‘, Bog‘zor) mavjud bo‘lib, jami 428 gektar, shundan, qishloq xo‘jaligi yerlari 111,1 gektar, aholi xonadon osti yerlari 102,8 gektar, qurilishlar, ko‘chalar, saroylar va maydonlar bilan band yerlar 134,8 gektar xamda suvosti, yo‘l osti va boshqa yerlar 78,5 gektarni tashkil etadi.

Aholi soni 11935 nafar. Jami xonadonlar soni 2242 ta.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing