Toshkent hokimining 23 ta qarori haqiqiy emas deb topildi
Jamiyat
−
23 yanvar
11491Toshkent shahridagi tuman hokimlari, shuningdek, Toshkent shahar hokimining 60 ta qarori sudda haqiqiy emas deb topilgan. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bildirilishicha, poytaxt hokimi va tuman hokimlarining qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bo‘yicha 220 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan hokimlarning 60 ta qarori haqiqiy emas, deb topilgan.
Shunday qarorlar soniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yil davomida eng ko‘p Toshkent shahar hokimining qarorlari haqiqiy emas deb topilganini ko‘rish mumkin. Shahar hokimining 23 ta qarori sud e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Tumanlar kesimida esa Chilonzor tumani hokimi 10 ta shunday qaror bilan yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, Olmazor hokimining 7 ta, Sirg‘ali hokimining 5 ta, Shayxontohur hokimining 4 ta, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa hokimlarining 3 tadan, Bektemir, Mirobod, Yunusobod, Yangihayot, Yashnobod hokimlarining bittadan qarorlari haqiqiy emas, deb topilgan.
LiveBarchasi