Kurs UZS

USD

12 927.17

36.74

EUR

14 717.58

-3.29

RUB

155.73

-0.31

Poytaxt hokimi 2 ta tumanning “yama”larini yamashga 8 mlrd ajratdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlarida yo‘llarni ta’mirlash uchun 8 milliarddan ortiq pul ajratdi. Hokimning shu haqdagi qarori 7 aprel kuni qabul qilindi.

Qaror bilan, Mirzo Ulug‘bek tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga 4 mlrd 233 mln 700 ming so‘m hamda Bektemir tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga 3 mlrd 800 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Pullar Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘llarni ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratilgan.

“Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov, Bektemir tumani hokimi Nurilla Abdurahmonov va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari bilan birgalikda: ajratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini ta’minlasin, ajratilgan mablag‘larning sarflanishi va bajarilgan ish hajmi bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimligiga hisobot berib borsin. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov zimmasiga yuklansin”, deyiladi shahar hokimi qarorida.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yil sentyabr oyida o‘tkazgan yig‘ilishida O‘zbekistonda bundan buyon ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun byudjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratilishini aytgan edi.

Toshkentda hokimlik ta’mirlamagan yo‘llarni bog‘cha opalar yamadi (video) north_east

Toshkentda hokimlik ta’mirlamagan yo‘llarni bog‘cha opalar yamadi (video)

 

“Endi qayerda ichki yo‘l qurish, qayerdagi yo‘llarni ta’mirlashni odamlarimizning o‘zi hal qiladi. Shunday qilsak, loyihani tanlab olishda va sifatni ta’minlashda ochiqlik bo‘ladi, to‘liq jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi”, degan edi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar Shavkat Umurzoqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing