Toshkent havosi yana hayot uchun xavfli darajaga chiqdi
Bu qiziq
−
11 yanvar 2024
5692Bugun, 11 yanvar kuni tonggi soat 8:00 dagi ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda o‘rnatilgan dispetcherlar havoning zararlilik darajasi me’yoridan 17 barobar ortib ketganini ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 191,4 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu ruxsat etilgan me’yordan oshmadi.
Shuningdek, avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari hisoblanadigan uglerod oksidi CO 0,8 mg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan me’yordan oshmadi.
Ammo PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 85,5 mkg/m3 ni ko‘rsatdi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 17 marta ko‘p. Tashkilot ushbu zarrachalarning havo tarkibidagi me’yorini 5 mkg/m3 etib belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning havosi eng iflos hududlari ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi