Toshkent havosi ifloslanishi bir necha kun davom etadi – O‘zgidromet
Jamiyat
−
17 noyabr 2025 3081 1 daqiqa
2025 yilning 16 noyabr kuni soat 20:00 holatiga ko‘ra, Toshkent atmosferasidagi mayda zarrachalar miqdori me’yordan bir necha baravar oshdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 373 mkg/m3 ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) 1.2 marta baland. PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 202 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (60 mkg/m3) 3.4 marta oshgan.
Agentlikka ko‘ra, ifloslantiruvchi moddalar miqdori SanQ va N 0053-23 ruxsat etilgan me’yorlari bilan taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarning oshishiga harorat o‘zgarishi ham sabab bo‘lgan. Haroratning keskin o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning to‘planishiga va atmosfera havosidagi konsentratsiyasining oshishiga olib keladi.
“Bunday ob-havo sharoiti Respublika bo‘ylab bir necha kun davomida saqlanib qoladi. Respublikamiz aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlari, tashqariga chiqqanda niqob taqishlari tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Andijon shaharlarida havodagi zararli chang miqdori me’yordan ancha ortib ketgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025